1.   Parolni qanday o'zgartirish yoki qayta tiklash mumkin?

Parol qanday tiklanadi:


Orom.uz saytiga kira olmasangiz yoki parolingizni unutgan bo'lsangiz qayta tiklash sahifasiga o'ting.

Parolni tiklash havolasi ustiga bosing va platformada foydalanadigan elektron pochtangizni ko'rsating. Sizga havolali xat yuboriladi.

 

Parol qanday o'zgartiriladi:

Agar sizning joriy parolingiz yodingizda bo'lsa va uni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz:

Akkauntingizga kiring, Kirishni bosing.

Chiqish yonidagi Parolni o'zgartirishni bosing.

Joriy va yangi parolni kiriting, yangisini tasdiqlang va Parolni o'zgartirishni bosing.

 

2.   Akkaunt qanday yaratiladi?

 

Agar Sizda hali akkaunt bo'lmasa, Orom.uz saytiga o'ting va Ro'yhatdan o'tishni bosing.

Buni elektron pochta orqali amalga oshirish mumkin.

Orom.uz saytida ro'yhatdan o'tish va akkaunt yaratish bepul.

Band qilish uchun so'rov yuborishdan oldin profilni to'ldirganingizga ishonch hosil qiling, * bilan ko'rsatilgan maydonlar to'ldirilishi shart.

 

3.   Orom.uz saytida obyektlar qanday band qilinadi.

Siz boshqa birovni uyida bo'lishni rejalashtirmoqdasiz, har bir uy egasining o'ziga xos mehmondorchilik uslubi bo'lib, mezbonlar bilan turlicha uchrashishni afzal ko'rishadi. Ba'zilar so'rovlarni mustaqil ravishda tasdiqlashadi, boshqalar tezda sizni kuttirishdan qutqarib joylashtirishadi. Orom.uz sayti obyektni onlayn band qilishda yordam beradi.

 

Profilni to'ldiring

Orom.uz ishonchga asoslangan jamiyat ekanligini bilish juda muhimdir. Ba'zi resurslar faqat fotosurat yoki tasdiqlangan identifikatori bo'lgan mehmonlardan buyurtmalar qabul qilishadi. Buyurtma berish uchun so'rov yuborishdan oldin profilni to'ldiring. Profilingizga rasmlar va shaxsiy ma'lumotlaringizni qo'shing shunda obyekt egasi siz haqingizda ma'lumotga ega bo'ladi. Shunday qilib, o'z haqingizda ma'lumotlarni tasdiqlashga erishasiz.

 

Kerakli turar joy toping

Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumani bo’yicha ko'pgina e'lonlar joylashtirdik. Siz ular orasidan qulay va unutilmas sayohat uchun joy topasiz. Turar joy qidirishda aniq narxni ko'rsatish uchun sayohat qilish sanasini va mehmonlar sonini ko'rsating. Bu uy sizga mos keladimi, shartlar, tavsiflar, uy qoidalari va qulayliklar bo'yicha uy joy bilan bog'lik savollar bermoqchi bo’lsangiz uy egasiga murojaat qiling.

 

Endi buyurtma qiling

Siz o'zingizga manzur kelgan turar joyni topdingiz, uni band qilish vaqti keldi. Bizni xizmatimizda siz band qilish orqali siz uchun mos obyektni band qilishingiz va ko'rsatilgan obyekt uchun oldindan to'lovni amalga oshirishingiz mumkin. Oldindan band qilish sanasi yoki maxsus taklif orqali buyurtmalar haqida batafsil ma'lumot tafsilotlariga va uni tartibiga qarab joy egasi maxsus narxni taklif qiladi.

 

4.   Orom.uz nima va u qanday ishlaydi?

 

Ishonchli xizmatlar

Uyni ijaraga olish juda oson va xavfsiz, Orom.uz saytiga marhamat.

Biz mehmonlar va mezbonlar orasidagi yozishmalar uchun xabarlar tizimi bilan ta'minlaymiz, shuningdek, to'lovlarni qayta ishlash uchun ishonchli platformadan foydalanamiz.

Sizni xavfsizligingiz biz uchun doimo ustuvor hisoblanadi.

 

24/7 davomida qo'llab-quvvatlanadi

Foydalanuvchilarga yordam berish markazida Orom.uz ishiga oid ko'plab savollarga javob topasiz.

Agar savollaringiz bo'lsa biz bilan bog'laning.